Toshkent shahrining avtobus parki sentabr oyida yangi texnika bilan to‘ldiriladi. Avtobuslar soni 1464 tadan 1550 taga koʻpayadi, deb xabar berdi OʻzA.

Shuningdek, kunlik reyslar sonini qariyb mingtaga – 21,7 mingtadan 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq, 2023-yil oxirigacha Xorazm viloyatiga 100 ta avtobus olib kelinishi xabar qilingan edi. Shartnoma Bunyodyobus Holding Co tashuvchi kompaniyasi va Xitoyning Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd kompaniyasi tomonidan imzolandi. Tranzaksiya summasi noma’lum.