O‘zbekiston sambistlari jahon chempionatida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Turnir Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonlik sambochilar Qirg‘izistonda o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi, xabar berdi «TASS».

Foto: Olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekistonlik sportchilar uchta oltin, sakkiz kumush va yetti bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Rossiya terma jamoasi umumjamoa hisobida peshqadamga aylandi. Rossiyaliklarning hisobida 32 ta medal bor, shundan 15 tasi oltin. Qozog‘iston sambistlari 16 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda, ulardan beshtasi eng yuqori saviyadagi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston 2024-yilda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionatiga mezbonlik qilishini yozgan edi.

Shuningdek