O‘zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 10 foizga oshdi
O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlarning umumiy hajmi oy davomida 10 foizga oshdi. Bunday statistik ma’lumotlar Respublika Markaziy banki tomonidan e’lon qilindi.
1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi moliya institutlaridagi muammoli kreditlar hajmi 15,7 trillion so‘mdan oshdi. Bir oy oldin bu ko‘rsatkich 1,44 trillion so‘mga kam – 14,3 trillion so‘mni tashkil qilgan edi.
Bu o‘sishning asosiy «aybdori» Ipoteka-bank bo‘lib, u NPL miqdorini deyarli ikki barobarga oshirdi (1,06 dan 2,08 trillion so‘mgacha). Mutlaq ko‘rsatkichlarda o‘sish bo‘yicha Asakabank ikkinchi o‘rinda (+193 mlrd.). Uchinchi o‘rinni Milliy bank va SQB (+87 mlrd) bo‘lishdi.
Umidsiz kreditlar miqdorining keskin oshishi natijasida ularning banklarning kredit portfelidagi ulushi 3,4 foizdan 3,7 foizgacha oshdi. Ishlamaydigan kreditlarning eng katta ulushi hamon «Ravnakbank» va «O‘zagroeksportbank»ga tegishli – mos ravishda 80,5% va 96,9%.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar oldidagi nutqi chog‘ida bir qator tashabbuslarni ilgari surgani haqida yozgan edi. Ulardan biri muammoli kreditlar bo‘yicha sudlarga tegishli.