Imom-xatib Isoqjon Begmatov o’z vazifasidan ozod etildi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari sabab

Xalq orasida «Isoqjon domla» nomi bilan tanilgan Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatov o’z lavozim vazifasidan ozod etildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Isoqjon Begmatovning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bugun – 25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ichki nazorat komissiyasi tomonidan keng muhokama qilindi.

Manba: Facebook ijtimoiy tarmog’i

Komissiya aʼzolari imom-xatibning keng bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan hissiyotga berilib qilgan keskin va qo’pol chiqishlari, ulamolar fatvolariga nisbatan ayrim teskari fikrlari, ixtilofli masalalarni ko‘tarishi oqibatida, nizo va qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lganini tanqid qilishdi.  

Ichki nazorat komissiyasining so’zlariga ko’ra, avval ham imom-xatib shu kabi chiqishlari yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq, holat o’zgarmagan.  I.Begmatovning mazkur chiqishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabatini mutlaqo ifoda etmasligi, balki uning o‘zboshimchalik va o’zbilarmonlik bilan aytgan shaxsiy fikr-mulohazalaridir.

I.Begmatov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan chiqishlaridan pushaymonligini bildirdi.

«Kursiv» «Minor» masjidiga imom-xatib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek