Yangiliklar

Prezident Administratsiyasining yangilangan tarkibiga kimlar kirdi

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarining yordamchilari va maslahatchilari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasi (PA) tuzilmasida davlat rahbarining yordamchilari va maslahatchilari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Prezident yordamchilari lavozimini Saida Mirziyoyeva va Aziz Magrupov egalladi.

Ravshan G‘ulomov prezidentning iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Alisher Sultonov esa energetika xavfsizligi bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Shuhrat G‘aniyev qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi, Muzaffar Komilov konfessiyalar va millatlararo munosabatlar bo‘yicha maslahatchi, G‘ofurjon Mirzayev kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchi – Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktori, Doniyor Qodirov – huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maslahatchi lavozimi lavozimiga tayinlandi.

Ijtimoiy rivojlanish boshqarmasiga Odil Abdurahmonov, Yoshlar siyosati boshqarmasiga Qahramon Quranboyev, Tashqi aloqalar bo‘limiga Alisherbek Payg‘omov rahbarlik qiladi.

Rejalashtirish va axborot ta’minoti boshqarmasiga Nodirjon Abdurahimov, Hududlar bilan o‘zaro hamkorlik va tahliliy materiallarni tayyorlash bo‘limiga O‘tkirjon Qodirov tayinlandi.

Ulug‘bek Qurbonov protokol boshlig‘i, Sherzod Asadov davlat rahbari matbuot kotibi, Saidlaziz Saidkarimov Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi axborot siyosati bo‘limiga rahbar qilib tayinlangani haqida xabar qilingandi.