Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi boʻldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Ilgari u Prezident Administratsiyasi Ijroiya apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati sektori mudiri lavozimida ishlagan.

Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yordamchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Telegram

Bungacha Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijroiya apparatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati sektori mudiri lavozimida ishlab kelgan, 2022-yil noyabridan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Saida Mirziyoyeva 2019-2020-yillarda Komil Allamjonov rahbarligida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2022-yildan buyon Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan chetlashtirilgani, lavozimning o‘zi esa bekor qilingani haqida xabar berilgandi. Hozirda Umurzoqov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shuningdek