“Soliq” mobil ilovasi qancha cash-back to’ladi

eʼlon qilindi
Pulni kartangizga joriy oyning 25-avgustdan keyin o'tkazishingiz mumkin

Soliq mobil ilovasi orqali aholiga 1,5 trilliondan ortiq cash-back to‘landi. Bu haqida Davlat soliq qo’mitasining rasmiy sahifasida ma’lumot berildi.

Foto: marog-pixcells / www.depositphotos.com

Joriy yilning iyul oyida 2,6 mlndan ortiq iste’molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin cash-back yig‘ilgan.

Shundan 1,6 mlndan ortiq iste’molchiga ayni paytda 86,4 mlrd so‘m ular to‘lab berildi. Ma’lumki, iste’molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olish imkoniyatiga ega.

Iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlandan so’ng  to’lab beriladi. Pulni bank kartangizga joriy oyning 25-avgustdan keyin o’tkazishingiz mumkin.

«Kursiv» O‘zbekiston fuqarolari uchun keshbek to‘lovi 15 foizga oshganligi haqida yozgan edi.

Shuningdek