Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni davom ettirishdan manfaatdor

eʼlon qilindi
Har ikki davlat yangi shartnoma tuzishga tayyor

O‘zbekiston va Turkmaniston turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishga kelishib oldi. Bu haqda «Oltin asr» portali xabar berdi.

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Baymirat Annamammedov o‘rtasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi.

Tomonlar hamkorlikni, ayniqsa, energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Shu yil avgust oyi boshida Ashxobod Toshkent va Dushanbega gaz bo‘yicha strategik hamkorlikni taklif qilgan edi. BP ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmanistondagi tasdiqlangan gaz zaxiralari deyarli 14 trillion kub metrga baholanmoqda.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, turkman gazi eksporti 40,8 milliard kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 42,5 milliard kub metrni tashkil qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston Turkmaniston bilan qo‘shimcha 1,5 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek