Bugun poytaxtning qaysi tumanlarida elektr uziladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Ta'mirlash ishlari tufayli
                    
                            Bugun, 28-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumanining «Nurliyo‘l» va «Gulbog'» mahallalarining ayrim ko’chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.
Xabatga ko‘ra, hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» RES elektr energiyasi uchun to’lovda muvaffaqiyatsizliklar haqida ogohlantirgani haqida yozgan edi.
