Daniyada Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqishni taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Qoidabuzarlarni ikki yilgacha qamoq jazosi kutmoqda

Daniya Qur’on, Injil va Tavrotni ommaviy ravishda yoqishni taqiqlaydi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Piter Xummelgaard ma’lum qildi. Rasmiyning so‘zlaridan TASS axborot agentligi keltirgan.

Manba: Pixabay

Hummelgaardning so’zlariga ko’ra, muqaddas kitoblarning yoqib yuborilishi Daniya fuqarolari uchun ham uyda, ham xorijda xavfsizlikka tahdidlarni kuchaytirgan.

Hozirda Daniya hukumati tegishli qonun loyihasini tayyorlamoqda. Agar bunday matnlarni ommaviy yoqish uchun qabul qilinsa, ikki yilgacha qamoq jazosi tahdid qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni o‘ta millatchi «Daniya vatanparvarlari» guruhi bir kunda Qur’onni yoqish uchun ikkita aksiya o‘tkazgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» iroqlik nufuzli ruhoniy Muqtada as-Sadr tarafdorlari Shvetsiyaning Iroqdagi elchixonasini boib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek