«Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi» mavzusiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi amalga oshiriladi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Tangalar 15 va 20 gramm og‘irlikdagi oltindan hamda 31,1 gramm og‘irlikdagi kumushdan tayyorlangan. Esdalik tangalari 2023 yilning 29 avgustidan boshlab sotuvga chiqmoqda.
Yana bir jihati – tangalar texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlariga ega.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.

O‘zbekiston Markaziy banki oltinning eng yaxshi xaridorlari beshligidan joy olganligi haqida xabar berilgan edi.