O‘zbekistonda 7-sinfdan boshlab kasblar o‘rgatiladi. Davlat rahbari tomonidan Samarqand viloyatidagi har bir tumandagi 10 tadan maktabda bu tizimni joriy qilish, qolgan viloyat hokimlariga yil yakunigacha har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Hozir 7-sinfdan boshlab Oqdaryodagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur maktabda mahalla va tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, ularga 2 ta chet tili o‘qitilmoqda. Tasabbus byudjet va tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilgan bo‘lib, o‘quvchilar bu yerda ish haqi olmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan barcha viloyatlar maktab taʼlimi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryoga borib, bir hafta davomida ushbu tajribani o‘rganishi shartligi taʼkidlandi. Qolgan viloyat hokimlariga yil yakunigacha har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Biroz avval, «Kursiv» O’zbekistonda o‘smirlar qayerda ishlashlari mumkinligi haqida yozdi.