O‘zbekistonda kishmish bir yarim barobar qimmatlashdi

eʼlon qilindi

O‘zbekistonda kishmish uzumining ulgurji narxi so‘nggi bir necha yil ichida rekord o‘rnatdi. Ikki hafta ichida narxlar ikki baravar oshdi. Bu haqda EastFruit portali yozgan.

Foto: anmbph / Depositphotos

Kishmishning bir kilogrammi o‘rtacha ulgurji narxi 10 ming so‘mdan 15 ming so‘mga ko‘tarildi. Oxirgi narx 25-avgust holatiga ko‘ra amal qiladi.

Bu narxlar 2022-yil avgust oyi oxirida qayd etilgan uzum narxidan 2,5 barobar, 2021-yilning shu sanasiga nisbatan esa 2,1 baravar yuqori.

Narxlarning oshishiga tahlilchilarning fikricha, yanvar oyidagi sovuqlar tufayli hosilning kamligi sabab bo‘lgan. Sovuq havo uzumga katta zarar yetkazdi.

«Kursiv» iyul oyi oʻrtalarida Oʻzbekistonda mashhur uzum navlari narxi bir necha bor koʻtarilganini yozgan.

Shuningdek