O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan beriladi, deb yozadi UzA.
Kartaga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lov olayotgan fuqarolarga pensiya va nafaqalar sentabr uchun 29-31 avgust kunlari uchun qabul qilinadi.
Pensiya va nafaqalarni naqd pulda to‘lash 4-sentabrdan boshlab Xalq banki kassalarida jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori 568 ming so‘mga oshirildi.