Podstansiyadagi avariya Toshkent aeroportini quvvatsizlantirdi

eʼlon qilindi
Parvozlar kechiktirilmadi

Yakshanba kuni kechki payt Toshkent aeroporti podstansiyadagi avariya tufayli elektr energiyasidan uzilgan. Zaxira quvvat manbalariga o’tish tufayli muammoni 15 daqiqagacha hal qilish mumkin edi. Parvozlar kechiktirilmadi, xabar berdi «O‘zbekiston aeroportlari» AJ.

Manba: Uzbekistan Airports

Parvozlarni ta’minlashga jalb qilingan infratuzilmaning elektr ta’minoti bir necha soniya ichida tiklandi. Gap uchish-qo‘nish yo‘laklari, havo harakatini boshqarish tizimi, radionavigatsiya uskunalari haqida bormoqda. Bu parvozlar kechikishining oldini olishga imkon berdi.

Yetib kelish terminallari va mahalliy aviakompaniyalar zudlik bilan zaxira quvvat manbalariga o‘tkazildi. 15 daqiqada xalqaro jo‘nab ketish terminalining elektr ta’minoti tiklandi.

Avariya shahar «Quyluq» podstansiyasida soat 22:09 da sodir bo‘lgan. Soat 22:40 da muammo bartaraf etildi.

«Kursiv»ning yozishicha, 2023-yilning yanvaridan iyunigacha O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 35 foizga oshgan.

Shuningdek