O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 million dollarlik protein-vitamin komplekslarini yetkazib beradi, deb yozadi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati. O‘zbekiston tomoni bu borada Afg‘onistonning «Fyucher Vels Trayding» kompaniyasi bilan kelishib oldi.
Bundan tashqari, mamlakatlar afg‘on tibbiyot xodimlarining Sog‘liqni saqlash menejeri mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirish va ularni qisqa kurslarda tayyorlashga kelishib oldilar.
Shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtkazishning oʻzaro soddalashtirilgan tizimini (25 kungacha) joriy etish boʻyicha kelishuv loyihasi ishlab chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Misr hukumatidan gepatit C ga qarshi dori-darmonlar partiyasini olgan bo‘lib, 1,2 mingdan ortiq dori vositalari yetkazib berilgan edi.