Yangiliklar

O‘zbekiston hududlari yil boshidan qariyb 140 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirdi

Eng tez sur'at Toshkentda, eng past sur'at Xorazm viloyatida

O‘zbekiston hududlarida 2023-yilning olti oyida 139,1 trillion so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi. Toshkent yetakchi bo‘ldi, xabar berdi Prezident huzuridagi Statistika agentligi.

Manba: Depositphotos

Investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha birinchi uchlikka: Toshkent (28,5 trln so‘m), Toshkent (18,5 trln so‘m) va Buxoro (12,3 trln so‘m) viloyatlari kiradi.

Eng kam investitsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi (4,7 trln. soʻm) va Xorazm viloyatida (4 trln. soʻm) oʻzlashtirilgan.

«Kursiv»ning yozishicha, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri iqtisodiyotiga markazlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4,5 trillion so‘mdan oshgan.