O’zbekistonda uzum vinosi ishlab chiqarish hajmi rekord daradada tushgan
eʼlon qilindi
Statistika agentligi hisobotiga ko’ra
Statistika agentligining O’zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi hisobotida keltirilishicha, O’zbekistonda uzum vinosi ishlab chiqarish 31%ga pasaygan.

O‘tgan yillarda O‘zbekistonda ham vino ishlab chiqarishning qisqarishi kuzatilgan bo‘lsa, bu yil kamida 2019-yildan buyon rekord darajadagi pasayish kuzatildi. Ishlab chiqarishning pasayishi nafaqat vino mahsulotida, balki aroq sanoatida ham bo’ldi (-14.8%). Vino va aroqdan farqli ravishda pivo segmentida 7.3% ga o’sish bor.
Avvalroq, O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish qisqargani va uning sabablari haqida yozgan edik.