“O‘zbektelekom” AKga to’rt yuz mln yevro kredit ajratiladi

eʼlon qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi korporativ yagona axborot portali axborot beradi

«O‘zbektelekom» AK «Deutsche Bank» (Germaniya) bankidan 400 mln yevro miqdorida kredit jalb qilishi kutilmoqda. Ushbu kredit kompaniya umumiy faoliyati likvidligini taʼminlash, aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida  sarflanadi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi korporativ yagona axborot portalida bu bo’yicha qaror keltirilgan.

Manba: uztelecom.uz

Kredit 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 4,8 % + 6 oylik Euribor (tashkiliy komissiya uchun 2 foiz bir martalik yig‘im) stavkada olinadi.

«O‘zbektelekom» AKning telekommunikatsiya infratuzilmasini sharqiy mintaqada yanada rivojlantirish” loyihasining II-fazasi bo‘yicha umumiy qiymati 125,8 mln va qiymati 96,3 mln AQSH dollarilik shartnomalar yirik bitim sifatida imzolanishi kutilmoqda.

Kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash vakolati «O‘zbektelekom» AK boshqaruvchisi Nazirjon Xasanovga topshiriladi.

Kredit olish qarori 2023 yil 16 avgustda aksionerlar kengashi tomonidan ma’qullangan.

Hozirda «O‘zbektelekom» AK daromadining qariyb 70 % mobil aloqa va uy interneti xizmatlaridan iborat. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, korxona 6 trillion 360 milliard so‘m daromad oldi. Ularning 2,2 trillioni yoki 35 foizi aloqa, 1,9 trillion so‘mi (30 foizga yaqini) internet tarmog‘iga to‘g‘ri keladi.

«Kursiv» tahririyati biroz avval «O‘zbektelekom»ning IPOga chiqqanligi borasida yozgan edi.

Shuningdek