Poytaxtda yana bir qancha tumanlarda gaz va elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari sababli

Bugun, 29-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir, Yashnobod va Mirobod tumanlarining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | Miguel Á. Padriñán

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumanining «Nurliyo‘l» mahallasi va soat 10:00 dan 17:00 gacha Mirobod tumanining «At-Termiziy» mahallasining ayrim ko’chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Soat 07:00 dan 17:00 gacha bo’lgan vaqtda esa Yashnobod tumanining «Qalqon» mahallasining ayrim ko’chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Bugun soat 10:00 dan 18:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumanining «Jasorat» mahallasi va Yunusobod tumanining «Yurtobod», «Shoshtepa» va «Uvaysiy» mahallalari tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sabab 2500 dan ziyod aholi va 14 ulgurji iste’molchi gaz yetkazib berishdan uziladi. Bu haqida «hududgazta’minot» xabar berdi.

Avvalroq, «Kursiv» podstansiyadagi avariya Toshkent aeroportini quvvatsizlantirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek