O‘zbekistondagi ayrim banklar rasmiy daromadi bo‘lmagan fuqarolarga ipoteka krediti berishni boshladi. Bunday kreditlarni berish shartlarini banklarning veb-saytlarida topish mumkin. Bizning materialimiz orqali ba’zi shartlar haqida o’qing.
Oʻzbekistonda yetarli rasmiy daromadga ega boʻlmaganlar uchun ipoteka kreditlari paydo boʻlishi shu yilning bahorida maʼlum qilingan edi. Tegishli farmon O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan.
«Bankir» Telegram kanalidagi maʼlumotlarga koʻra, quyidagi banklarda yangi shartlar paydo boʻldi:
«Ipotekabank» 20 yilgacha muddatga 30-50 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan yillik 17-18 foiz stavkasi bilan beriladi.
«Turonbank» 20 yilgacha muddat bilan 50% boshlang‘ich to‘lov yillik 16 foiz stavkasi bilan beriladi.
Agrobank ham 20 yilgacha muddat bilan 15%lik boshlang‘ich to‘lov asosida yillik 18 foiz stavka asosida beriladi.
MKBank 20 yilgacha bo‘lgan muddatda 15 % bosh to‘lov bilan yillik 18 foiz stavkasi bilan beriladi.
«Asakabank»da 20 yilgacha bo‘lgan muddatda 40% bosh to‘lov asosida yillik 17 foiz stavkasi bilan beriladi.
SQB esa 30 % boshlang‘ich to‘lov yillik 17 foiz stavkasi bilan 20 yilgacha muddatga beriladi.
«Hamkorbank»da boshlang‘ich to‘lov 15% bilan yillik 19 foiz stavkasi asosida 20 yilgacha beriladi.
«Xalq banki»da 20 yilgacha muddatga 15%dan boshlang‘ich to‘lov yillik 17 foiz stavkasi asosida beriladi
OFB ham 20 yilgacha 50 % boshlang‘ich to‘lov bilan yillik 18 foiz stavkasi asosida beriladi.
«Ipak yo‘li» bankda esa 6 yilgacha bo‘lgan muddatda 50% boshlang‘ich to‘lov asosida 24 foiz stavkasi bilan 800 mln so‘mgacha ajratadi.
«Tengebank»da 10 yilgacha 50%dan boshlang‘ich to‘lov bilan yillik 25,9 foiz stavkasi asosida beriladi.
Lekin, barcha banklar («Tengebank»dan boshqa) Toshkent shahrida maksimal 416,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 327,5 mln so‘mgacha ajratishi mumkin. Ushbu maksimal miqdor «Tengebank»da 620 mln so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq, O‘zbekistonda ipoteka kreditlash nimaning hisobiga o‘sishi haqida yozgan edik.