O’zbekistonga dam olish uchun qancha sayyoh keldi
2023-yilning yetti oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 397,3 ming sayyoh tashrif buyurgan. Bu haqda mamlakat prezidenti huzuridagi Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Turistlarning asosiy qismi Rossiyadan kelgan (137,2 ming). Keyingi o‘rinlarda qozog‘istonliklar (33,6 ming) va tojikistonliklar (21,5 ming).
Yanvar-iyul oylarida mamlakatimizga jami 3,7 million xorijiy mehmon tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.
2023-yilda O‘zbekistonga 7 millionga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda. Turizm xizmatlari eksportidan tushum 2 milliard dollarga yetishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Britaniyaning BBC World News telekanali O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakatning sayyohlik salohiyati haqida video suratga olgani haqida yozgan edi.