Yevropaliklar elektromobillarga tez sur’atda o‘tmoqda
eʼlon qilindi
Bu haqda Reuters axborot agentligi yozmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Yevropada elektromobillar sotuvi 60,6 foizga oshdi, xabar bermoqda Reuters.
Elektr dvigatelli avtomobillar sotuvining o’sishi ba’zi Evropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan taqdim etilgan subsidiyalar bilan bog’liq. Sotilgan avtomobillarning 13,5 foizini elektr transport vositalari tashkil etdi. O‘tgan yilning iyul oyida bu ko‘rsatkich 10 foizdan kam deb baholangan edi.
Shu bilan birga, dizel va benzinli dvigatelli avtomobillar savdosi ulushi 50 foizdan kam bo’ldi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston joriy yilning yetti oyida 7,3 mingta elektromobil import qilganini yozgan edi.