Bayram kunlari O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        “O‘zgidromed” 3-sentabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi
                    
                            O‘zbekiston hududi bo‘yicha bayram kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromed» xabar berdi.

Avgust oyining oxirgi kuni, shuningdek, 1-3- sentyabr kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi 25-30o bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17o atrofida bo‘ladi.
Toshkentda 2-sentyabrgacha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, biroq 3-sentabrda bulutlilik biroz kuchayadi.
Avgust oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonda yilning shu davriga xos bo‘lmagan ob-havo kuzatilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
