O‘zbekiston hududi bo‘yicha bayram kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromed» xabar berdi.
Avgust oyining oxirgi kuni, shuningdek, 1-3- sentyabr kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi 25-30o bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17o atrofida bo‘ladi.
Toshkentda 2-sentyabrgacha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, biroq 3-sentabrda bulutlilik biroz kuchayadi.
Avgust oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonda yilning shu davriga xos bo‘lmagan ob-havo kuzatilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.