Mirziyoyev: Mustaqil yurtda yashash eng oliy ezgulik, Yaratganning tuhfasidir

eʼlon qilindi
Davlat rahbari buni qadrlashga chaqirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatag‘onga uchragan o‘zbeklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Marosim «Shahidlar xotirasi» xiyobonida bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

– Mustaqil yurtda tinch-totuv, farovon hayot kechirish – ulug‘ ne’mat, Alloh taoloning tuhfasidir. Shunday ekan, bularning barchasini shukronalik tuyg‘usi bilan qadrlash kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

1937-1953-yillarda O‘zbekistonda 100 ming kishi qatag‘on qilindi, ulardan 13 ming nafari otib tashlandi.1980-yillarda «paxta ishi» doirasida minglab o‘zbeklar hibsga olindi. 40 000 vatandoshlar tergovga tortildi, 5 000 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi.

Mirziyoyev Oʻzbekiston SSRning oʻsha paytdagi rahbari Sharof Rashidovga nisbatan uning vafotidan keyin boshlangan siyosiy qatagʻonlarni ham qayd etdi.

Davlatimiz rahbari adolatni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotganini aytdi. O‘tgan bir necha yil ichida 850 dan ortiq o‘zbekistonlik oqlangan bo‘lsa, joriy yilda 240 nafar fuqaro oqlandi.

Mirziyoyev qatagʻonga uchragan oʻzbeklar xotirasini ular yashagan mahallalarda abadiylashtirish kerakligini qoʻshimcha qildi. Ularning hayotini o‘rganish va targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Oliy sudi Sovet Ittifoqi davrida qatag‘on qilingan 208 kishini reabilitatsiya qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek