Oson to’lov tizimi pul yuvishga qarshi qonunlarni buzganlik uchun jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi

Brio Group MChJ to‘lov tashkiloti (Oson savdo belgisi) jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish talablarini buzgani uchun jarimaga tortildi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.

Foto: Oson

Mamlakatning boshqa to‘lov tashkilotlari va moliya institutlari qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda tegishli jazoga tortilishi haqida ogohlantirildi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning avgust oyi boshida Oson bir necha kunga Uzcard va Humo kartalari bilan ishlashni to’xtatgan edi.

Oʻsha oyda poytaxt ichki ishlar boshqarmasi oʻzbekistonliklarning 12 milliard soʻm oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq ish doirasida «Freedom Payment» toʻlov platformasidagi tekshiruvlar haqida xabar bergan edi. O‘g‘rilar o‘g‘irlangan pullarni xorijga olib ketishgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri «Toshkent» Respublika fond birjasi yangi boshlanuvchi investorlar uchun firibgarlar qo‘liga tushmaslik bo‘yicha maslahatlarni e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek