O‘zbekiston belgorodliklarni insonparvarlik yordami bilan qo‘llab-quvvatladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Shebekinskiy tumanidagi fuqarolar uchun 12 tonnalik posilka 26 avgust kuni keldi

O‘zbekiston Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Belgorod viloyati aholisiga gumanitar yordam yig‘di. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Foto: openbelgorod31 / VK

Shebekinskiy tumanidagi fuqarolar uchun 12 tonnalik posilka 26-avgust kuni keldi. Unga kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak va poyabzallar, maktab o‘quvchilari uchun dori-darmon va kanselyariya buyumlari kiritilgan.

Shebekinskiy tumani aholisi bir necha bor Ukraina tomonidan o‘qqa tutilgan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik tadbirkorlar og‘irligi o‘n tonnadan ortiq bo‘lgan gumanitar yukni Ukrainaga topshirgan edi.

Shuningdek