Dubaydan Toshkentga bolalar uchun gumanitar yuk yetib keldi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligi hamda BAAdagi o‘zbek diasporasi faoli Gulnora Meliboyeva tomonidan yig‘ilgan yuk O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga topshirildi.
Qiymati 14 000 dollar bo‘lgan paketga 414 dona 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimlari kiritilgan. Yetkazib berish «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Avvalroq O‘zbekiston belgorodliklarni insonparvarlik yordami bilan qo‘llab-quvvatlagan edi.