Xitoyda O‘zbekiston liboslari namoyish etiladi

eʼlon qilindi
Ko‘rgazma sentabr oyida Xanchjouda ochiladi

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada mamlakat muzeylaridan yigirmaga yaqin o‘zbek liboslari namoyish etiladi. Tadbir 2-sentyabrdan 12-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish milliy jamg‘armasi ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi

Rangli Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasida 150 ga yaqin eksponatlar namoyish etiladi. Bular Osiyoning turli burchaklaridan kelgan liboslar.

O‘zbekistondan chopon, so‘zan va taqinchoqlar kabi 20 nomdagi kiyim-kechak keltiriladi. Ularning barchasi odatda Samarqand muzey-qo‘riqxonasi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida «O‘zbekiston kechasi» tadbiri ham o‘tkaziladi. Uning ishtirokchilari o‘zbek matolarini tayyorlash jarayonini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

«Kursiv» nashrining yozishicha, 2024-yilda mashhur Florentsiya Uffizi galereyasida va Venetsiyadagi Ka-Foskari universitetida O‘zbekistonning noyob buyumlari ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek