Yashnobodda elektr tarmog‘ida favqulodda avariya bo‘ldi

eʼlon qilindi
Nosozlik bartaraf etilishi uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining xabariga ko‘ra, bugun Yashnobod tumanining bir qancha mahallarida uzilish sodir bo‘lgan.

Foto: adriaticphoto / depositphotos.com

 Xabarga ko‘ra, Yashnobod tumanining «Yangiobod», «Tuzel» va «Aviasozlar» mavzelarining «Birlashgan», «Alimkent», «Yangiobod», «To‘rtko‘l»,  «Aviasozlar» mahallalari elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzildi.

Shuningdek, 58-sonli Xarbiylar shaharchasi hududidagi ayrim aholi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVli «Hosilot» podstantsiyasidan ta’minlanuvchi 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari mazkur nosozlikni bartaraf etish uchun Yashnobod tumanida ish olib borishmoqda.

Bugun Mirobod tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmasligi haqida xabar bergan edik.  

Shuningdek