O’zbekistonda “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirlari qanday o’tdi?
Bugun — 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi 10,16 mingta maktabda 700 ming nafardan ortiq o’gil-qizlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovg‘alari topshirildi. «Kursiv» nashri Buxoroda birinchi qo‘ng‘iroq qanday bo‘lib o‘tgani aks etgan suratlarni to‘pladi.
Umumta’lim maktbalarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari tashkil etildi. Birinchi dars soati — «Mustaqillik darslari» bilan boshlandi.
Shu o’rinda, Buxoro viloyatining 2023-2024- o‘quv yilida 547 ta viloyat maktablarining 1-sinflariga 35,3 ming nafar o‘quvchilar qabul qilindi.
Jumladan, Buxoro shahar 24-son «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab–internatida 287 nafar ko’zi ojiz o‘quvchi tahsil oladi.
2023-yil 4-sentyabr kuni maktabda «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida «Bilimlar kuni» tadbiri o’tkazilib, maktab direktori Madamin Aslonov ochib berdi. Bu yil maktabga 17 nafar 1-sinf o’quvchilari qabul qilindi.
Buxoro viloyati Jondor tumani «School of Genius» xususiy maktabida ham bugun chinakam bilimlar bayrami bo’lib o’tdi. Sovg’alar bu kunga o’zgacha shukuh berdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ham joriy yil 260 nafar birinchi kurs o’quvchilarining ta’lim muassasasiga aylandi. Litseyda «Bilimlar kuni» munosabati bilan tantanali marosim o’tkazildi. Akademik litsey direktori Ra’no Ismatova o’z nutqida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdi. Maktab o’quvchilaridan farqli o’laroq litsey o’quvchilari sovg’a o’rniga kelajak yaratish uchun tamal yoshlarga ega bo’lishadi.
Biroz avval «Kursiv» Oʻzbekistonda 500 ta maktabda yangi taʼlim tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi.