O‘zbekiston va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TDI) jalb etish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda moliya tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.
Shu maqsadda XMK Yaponiya bilan birgalikda mamlakatimiz investitsiya qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirishga yordam beradi. O‘zgartirishlar sarmoyadorlarning respublika bozoriga kirishi, ularga nisbatan teng munosabatda bo‘lish va mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish qoidalarini belgilashga qaratilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, korporatsiya Toshkentni erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda xususiy sektor ishtiroki normalarini joriy etishda qo‘llab-quvvatlaydi.
IFC avgust oyi boshida tashkilotning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 500 million dollarga yetganini qayd etdi.
Avvalroq, «Kursiv» may oyi boshida XMK «Navoiyazot» AJni xususiylashtirishda strategik maslahatchi sifatida ishtirok etgani haqida yozgan edi.