O‘zbekistonda ilk bor informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ilk bor 2026-yilda Informatika bo‘yicha Xalqaro Olimpiada (IOI) bo‘lib o‘tadi, xabar berdi IT Park matbuot xizmati.
Bu haqdagi qaror joriy yilning 28-avgustidan 3-sentabriga qadar Vengriyada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilingan.
Qolaversa, o‘zbekistonlik yoshlardan Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xodjayev ham mamlakat tarixida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz vakillarini mashg‘ulotlarga Polshadan Bartosh Kostka ismli mutaxassis jalb etgan.
Birinchi marta bunday musobaqalar 1989 yilda Bolgariya Pravetsida o’tkazilgan. Uning ishtirokchilari algoritmik masalalarni yechish va dasturlash uchun taklif qilinadi. Shu bilan birga, muloqot qilish, shuningdek, darsliklardan foydalanish taqiqlanadi.
Vazifalarni hal qilish uchun ishtirokchilarga hajmi 50 kilobaytdan oshmaydigan dastur yozish taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv O‘zbekistonda qaysi IT kasblariga talab ko‘proq ekanligi haqida yozgan edi.