Qozog‘iston MDHga a’zo davlatlarning havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimi harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mashqlar Qarag‘anda va Jambil viloyatlari hududida joylashgan Sari-Shagan poligonida bo‘lib o‘tadi.
«Mashg‘ulotlarning faol bosqichini Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston mudofaa boshqarmalari va havo hujumidan mudofaa kuchlari vakillari kuzatib boradi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Mashqlarda qirg‘iz harbiylari ham ishtirok etadi, deya ta’kidladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning bahorida Samarqandda MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini takomillashtirishni muhokama qilgan edi.