Tolibon chegaradagi to‘qnashuvlarda qo‘shni davlatlarni ayblaydi
Tolibon Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul-Matin Kani TOLONewsga so‘nggi ikki yil ichida chegara hududlarida 50 ga yaqin voqea sodir bo‘lganini aytdi.

«Bir nechta kichik va katta to‘qnashuvlar bo‘ldi. Pokiston, Eron, Tojikiston va O‘zbekiston bilan to‘qnashuvlar bo‘lganidan xabaringiz bor. Ularning umumiy soni 50 dan kam», – deydi u.
Uning soʻzlariga koʻra, chegaradagi voqealar qoʻshni davlatlar aybi bilan sodir boʻlgan. Agentlik shuningdek, Afg‘onistonga kamida 15 ta raketa hujumini qayd etgan. Abdul-Matin Kani boshqa davlatlarni quruqlik chegaralari va havo hududini buzmaslikka chaqirdi.
Tolibon vakili Qobul, xususan, O‘zbekiston, Eron va Pokiston bilan munosabatlarni yaxshilash uchun katta sa’y-harakatlar qilganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, «Kursiv» Afg‘oniston O‘zbekiston uchun tranzit yuk tashishdagi cheklovlarni bekor qilgani haqida yozgan edi.