Poytaxtimizda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati.
Ushbu avtobuslar 4-sentabr, dushanbadan boshlab ertalab (soat 07:30 dan 09:30 gacha) va kechki payt (16:30 dan 20:00 gacha) harakatlanadi.
Uchta marshrut mavjud bo’lib, ularning barchasi Buyuk Ipak yo’li metro bekatida tugaydi. Ularda beshta MAN RR3 avtobusi harakatlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» dushanbadan boshlab Toshkentda yana yettita avtobus yo‘nalishi paydo bo‘lganini yozgan edi.