Toshkent shahrida 4-sentabr, dushanbadan boshlab yer usti jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘i kengaytiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Shu kundan boshlab O‘zbekiston poytaxti orqali yana yettita avtobus yo‘nalishi harakatlana boshlaydi. Ular yo’lovchilarning iltimosiga binoan tashkil etilgan. Shu tariqa, Toshkentdagi marshrutlarning umumiy soni 167 taga yetkaziladi.
Shunga ko’ra, har kuni liniyalardan chiqadigan avtobuslar soni ham ko’payadi – 1,7 mingtagacha.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentdan Zangiota kasalxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.