Yangiliklar

Xitoy neft giganti PetroChina daromadi o‘sishi haqida xabar berdi

Kompaniya aksiyalari ko‘tarildi

Xitoyning PetroChina Company Limited neft kompaniyasining 2023-yilning yanvaridan iyunigacha foydasi 85,27 milliard yuanga (11,88 milliard dollar) yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan yuqori, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi.

Foto: ChinaImages / Depositphotos

PetroChina Shanxay fond birjasiga taqdim etgan moliyaviy hisobotga ko‘ra, uning sof daromadi yiliga 4,5 foizga oshgan.

Kompaniya aktivlari bo‘yicha qarzdorlik nisbati 2023-yil boshiga nisbatan 0,9 foiz punktga kamaydi. Bir aksiya uchun asosiy daromad 0,47 yuanni tashkil etdi.

Shanxay birjasida PetroChina aksiyalari narxi 0,13 foizga oshib, har bir aksiya uchun 7,76 yuanga ko’tarildi.

PetroChina 1999-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Xitoyning neft va gaz kompaniyasidir. Uning nazorat paketi davlatga tegishli CNPC (Xitoy milliy neft korporatsiyasi) ga tegishli.

2022-yil holatiga ko‘ra PetroChina dunyodagi eng yirik kompaniyalar ro’yxatida 21-o‘rinni egalladi.

«Kursiv» may oyida Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga neft va gaz savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgani haqida yozgan edi.