O‘zbek shoiri Usmon Nosirga Rossiyada birinchi yodgorlik o‘rnatildi
Rossiyaning Mariinsk shahrida o‘zbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir haykali ochildi. Bu haqda Kuzbass viloyati ma’muriyati xabar berdi.
Viloyat rasmiylari bu shoirning Rossiya hududida ochilgan birinchi yodgorligi ekanligini taʼkidladi.
Usmon Nosir 1912-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1938-yilda shoir qatag‘onga uchradi va Uzoq Sharqqa surgun qilinadi. Keyinchalik u Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga ko‘chirildi va u yerda 1944-yil mart oyida vafot etdi.
O‘sha yilning oxiriga kelib, Sovet hukumati Nosirni aybsiz deb topdi va reabilitatsiya qilindi.
Kemerovoda uning sharafiga yaratilgan muzey bor. Viloyatda har yili shoir xotirasiga bag‘ishlangan adabiy o‘qishlar o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda 2022-yilda Namanganda shoir haykali ochilgan edi. Mahalla va maktab ham uning nomi bilan atalgan.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil iyul oyida Shvetsiyada Alisher Navoiy va Bobur qo‘lyozmalari topilgani haqida yozgan edi.