O‘zbekiston terma jamoasi yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi
eʼlon qilindi
Turkiya chempionati
Turkiya poytaxti Istanbul shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi mamlakat davlat organlarining Telegram’dagi rasmiy kanali.

Shuningdek, jamoa 55,06 soniya natija qayd etib, mamlakat rekordini o‘rnatdi. Avvalgisi 2017 yilga to’g’ri keladi (55,77).
Bir kun avval Kursiv o‘zbekistonlik gimnastikachilar xalqaro musobaqalarda ikkita medal qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.