“O‘zmetkombinat” xodimlarining qisqarishi sababini tushuntirdi

eʼlon qilindi
Kompaniyada 17,2 %ga kamroq ishchilar ishlaydi

Mamlakatda yilning birinchi yarmida 31 ta yirik davlat korxonalarida jami 6,4 ming kishi ishlab turgan joyidan qisqartirishlarga tushdi, xabar berdi O’zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi.

Manba: «O’zmetkombinat» matbuot xizmati

Shundan, misol uchun, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ  2, 6 ming nafar, «Oʻzmetkombinat» AJ jami 1,9ming, AT «Xalq banki» 744, «Olmaliq KMK» AJ 1, 1 ming, «Oʻzbekneftgaz» AJ 1, 06 ming xodimni qisqartirgan.

Xodimlar sonining foizda eng sezilarli qisqarishi «O‘zmetkombinat»da kuzatildi (-17,2%). Shu o’rinda, «Kursiv» «O‘zmetkombinat» matbuot xizmatiga bo’shatishlar masalasida murojaat qildi. Kompaniya xodimlar sonining kamayishiga davlatga berilgan ijtimoiy va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan obyektlar sababligini tushuntirdi.

Ikkinchi o’rinda 8,3% bilan «Xalq banki» ATB turibdi. «Olmaliq KMK» AJ – 3,4%, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ – 3,4%, «Oʻzbekneftgaz» AJ – 3,1% ko’rsatgich ko’rsatdi.

Shu bilan birga, yangi ish oʻrinlar yaratilishi va/yoki boʻsh vakantlar toʻldirilishi hisobiga «Toshshahartransxizmat» AJ (29,5% yoki 1 617 ta), «UzGasTrade» AJ (9,5% yoki 7 ta), «Aloqabank» ATB (9,5% yoki 154), «Navoiyuran» DK (9,5% yoki 259), «Qishloq qurilish bank» ATB (2,9% yoki 154) va «Uzbekistan Airports» AJ (1,9% yoki 138) qoʻshimcha xodimlar jalb qilgan.

«Kursiv» «O‘zmetkombinat» O‘zbekiston obligatsiyalari bozoriga qanday kirib kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek