Mamlakatda yilning birinchi yarmida 31 ta yirik davlat korxonalarida jami 6,4 ming kishi ishlab turgan joyidan qisqartirishlarga tushdi, xabar berdi O’zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi.
Shundan, misol uchun, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ 2, 6 ming nafar, «Oʻzmetkombinat» AJ jami 1,9ming, AT «Xalq banki» 744, «Olmaliq KMK» AJ 1, 1 ming, «Oʻzbekneftgaz» AJ 1, 06 ming xodimni qisqartirgan.
Xodimlar sonining foizda eng sezilarli qisqarishi «O‘zmetkombinat»da kuzatildi (-17,2%). Shu o’rinda, «Kursiv» «O‘zmetkombinat» matbuot xizmatiga bo’shatishlar masalasida murojaat qildi. Kompaniya xodimlar sonining kamayishiga davlatga berilgan ijtimoiy va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan obyektlar sababligini tushuntirdi.
Ikkinchi o’rinda 8,3% bilan «Xalq banki» ATB turibdi. «Olmaliq KMK» AJ – 3,4%, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ – 3,4%, «Oʻzbekneftgaz» AJ – 3,1% ko’rsatgich ko’rsatdi.
Shu bilan birga, yangi ish oʻrinlar yaratilishi va/yoki boʻsh vakantlar toʻldirilishi hisobiga «Toshshahartransxizmat» AJ (29,5% yoki 1 617 ta), «UzGasTrade» AJ (9,5% yoki 7 ta), «Aloqabank» ATB (9,5% yoki 154), «Navoiyuran» DK (9,5% yoki 259), «Qishloq qurilish bank» ATB (2,9% yoki 154) va «Uzbekistan Airports» AJ (1,9% yoki 138) qoʻshimcha xodimlar jalb qilgan.
«Kursiv» «O‘zmetkombinat» O‘zbekiston obligatsiyalari bozoriga qanday kirib kelgani haqida yozgan edi.