Yangiliklar

Afg‘oniston-Pokiston chegarasida to‘qnashuvlar yuz berdi

6-sentabr, chorshanba kuni Torxam nazorat-o‘tkazish punkti hududida Afg‘oniston va Pokiston chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Ariana News portali manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: Ariana News

Voqea tufayli Torkham vaqtincha ishni to’xtatdi, dedi manba.

Mojaroga Pokiston harbiylarining qo‘shni davlat hududida post qurishga urinishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, birinchi bo‘lib pokistonliklar o‘t ochgani xabar qilingan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Matin Kanining aytishicha, Kobul va Islomobod voqeadan xabardor va sabablarini o‘rganmoqda. Har ikki tomon ham bunday to’qnashuvlarning oldini olish niyatida, deya qo’shimcha qildi u.

Avvalroq, «Kursiv» so‘nggi bir necha yil ichida Afg‘onistonning chegaradosh hududlarida 50 dan ortiq voqea sodir bo‘lganini yozgan edi. Tolibon bunda qo‘shni davlatlarni aybladi.