Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyutani deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirildi. Bu haqida Adliya vazirligining rasmiy sahifasida axborot berildi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Endilikda, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq naqd valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish orqali nazoratdan o‘tkaziladi. Ilgari bu miqdor 70 million so’mni tashkil qilgan.
Shuningdek, endilikda bojxonachilar deklaratsiyalarni to‘ldirish qoidalarini fuqarolarga tushuntirishi kerak. Ilgari qonunda bunday qoida yo’q edi.
Yuqorida tavsiflangan qoidalar 2023-yil dekabr oyidan kuchga kiradi.
Avvalroq, O‘zbekiston aholisi so‘mlarni xorijiy valyutaga tez-tez almashtira boshlagani haqida yoritilgan edi.