Poytaxt xalqaro aeroporti mahalliy aviakompaniyalari terminalida Qozog‘istonning Mooz Coffee qahvaxonasi ochildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston aeroportlari» matbuot xizmati.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonning «Comfort Development» brendi vakili poytaxt havo bandargohida ovqatlanish punkti tashkil etish boʻyicha auksionda gʻolib chiqdi.
«Biz o‘zbekistonliklarning ham, xorijlik sayyohlarning ham didi va ehtiyojlari xilma-xilligini inobatga olgan holda menyuni ishlab chiqdik va moslashtirdik, siz bilan birga tushlik qutisini olib ketish imkoniyatiga ega qulay va xavfsiz taomlarni tanladik. Endi esa katta quvonch bilan yo‘lovchilarni poytaxt havo bandargohida kutib olishga tayyormiz», — dedi Mooz Coffee vakili.
Qahvaxona joʻnash zalining «steril» hududida joylashgan va kechayu kunduz ochiq.
Avvalroq, «Kursiv» «Toshkent-3» aeroportiga yengil avtomobillar va sayyohlik avtobuslari ruxsat etilgani haqida yozgan edi.