Ba’zi oʻzbekistonliklar bu yil Green Card orqali AQSh vizasini olmasliklari mumkin
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi «Turli millatlarga mansub vizalar» dasturining butun dunyo bo‘ylab chegarasiga tez orada erishilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Diplomatik missiya dunyo boʻylab yillik 55 000 viza chegarasiga erishilgandan soʻng AQShning barcha elchixonalari bu yilgi DV dasturi boʻyicha immigratsion vizalarni bera olmasligini aytdi.
Shu sabab Toshkentda shu oyda suhbatga kelishi kerak bo‘lgan ba’zilar viza ololmasligi mumkin.
«Viza olish uchun zarur hujjatlarga ega boʻlmagan vizaga murojaat etuvchilar intervyuda qatnashish yoki yoʻqligini (va qaytarilmaydigan viza toʻlovini toʻlash) haqida oʻylab koʻrishlari kerak, chunki ularda ariza berish jarayonini yakunlash uchun yetarli vaqt boʻlmasligi mumkin», – deyiladi xabarda.
Vizalarni berish butun dunyo bo‘ylab chegaraga yetguncha davom etadi. Bugungi kunga qadar konsullik Toshkent shahrida 3,1 ming suhbat o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024-yilda tug‘ilgan muhojirlar uchun «Turli millatlarga mansub vizalar» dasturi natijalari e’lon qilingan edi.