Bu yil Qozog‘iston fuqaroligini olganlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistondan borgan
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yil boshidan buyon jami 14,5 ming nafar xorijlik ko‘k rangli pasportga ega bo‘ldi
                    
                            2023-yil boshidan buyon O‘zbekistondan 8,5 ming kishi Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida jami 14,5 ming nafar chet el fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi, shu jumladan, 11,1 ming nafari o‘zbeklar.

Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini olganlar soni bo‘yicha Rossiya O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinda – 2023 yilda 2,1 ming kishi ko‘k rangli pasport olgan.
Bundan tashqari, Turkmanistondan kelgan 1,2 ming kishi, shuningdek, Xitoydan 1 ming va Qirg‘izistondan 718 kishi qozoqlikka aylandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirildi.
