Qirg‘iziston Jogorqu Keneshi deputati Sharapatkan Majitova jamoat joylarida niqab va ro‘mol kiyishni taqiqlashni taklif qildi.
Bu g‘oya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari shaxsning shaxsini ko‘rsatmaydigan yuzni yopib turuvchi kiyim uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullaganidan keyin ma’lum qilindi.
«Bizga ham bu qonun kerak. Ko’p odamlar ro’mol kiyishni boshladilar. Ro‘mol o‘rasinlar, lekin yuzlarini yopmasinlar. Bu juda xavfli», dedi u.
Avvalroq, ushbu chora jamoat tartibini saqlash va «Xavfsiz shahar» dasturini amalga oshirishga xizmat qilishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov soqol va kiyim borasida tortishuvlarga emas, ilmga chaqirgan edi.