O’zbekistonda qancha pechenye ishlab chiqariladi
eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra
Oʻzbekistonda 2023-yilning birinchi yarmida 4,9 ming tonna pechenye tayyorlandi, xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 41,7 foizga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shakar va qandolat mahsulotlari narxi 20,6 foizga oshgan.
Avvalroq, «Kursiv» Nestle 2023-yilda eng qimmat oziq-ovqat va ichimliklar brendiga aylanganini yozgan edi.